Mohirlar · ochiq pozitsiya
AI Product Engineer Intern
Mohirlar jamoasiga 3 nafar AI Product Engineer Intern qabul qilamiz.
⏱ 72 soat practical task
🧩 3 ta task, bittasini tanlaysiz
🌍 Masofadan
Qaysi yo'nalishlarda ishlaysiz
Bu faqat backend internship emas. Siz real mahsulot ustida ishlab, vazifaga qarab quyidagi yo'nalishlarda tajriba orttirasiz:
- Backend
- Frontend
- DevOps
- AI integratsiyalari
- Production muammolarini tahlil qilish va debug qilish
Barcha yo'nalishlarni oldindan mukammal bilish shart emas. Biz uchun eng muhimi — tez o'rganish, mustaqil fikrlash va vazifani natijagacha olib borish qobiliyati.
Sizdan kutamiz
- Python dasturlash tilini yaxshi bilish
- Django REST Framework yoki FastAPI bilan ishlay olish
- Ingliz tilidagi texnik hujjatlarni tushunish
- Git va ma'lumotlar bazalari bo'yicha asosiy bilim
- Muammoni mustaqil tahlil qilish va debug qilish ko'nikmasi
- Claude Code, Codex va boshqa AI development toollaridan foydalana olish
- MCP nima ekanligini tushunish
- Kerak bo'lsa frontend va DevOps vazifalarini ham o'rganib bajarishga tayyorlik
- Mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan bo'lish
Biz nima taklif qilamiz?
- 3 oylik pullik internship
- Real foydalanuvchilari bor microservice loyiha ustida ishlash
- Tajribali jamoa bilan ishlash
- Code review va amaliy yordam
- Backend, frontend, DevOps va AI bo'yicha real tajriba
- Yaxshi natija ko'rsatgan nomzodlarga doimiy ish imkoniyati
Biz uchun diplom yoki sertifikatdan ko'ra, siz qanday fikrlashingiz, muammoni qanday hal qilishingiz va qanday natija ko'rsatishingiz muhim.
Jarayon qanday ketadi
- Ariza formasini to'ldirasiz (tajriba + mantiqiy savollar).
- Forma oxirida tasklardan bittasini tanlaysiz - tavsifi shu yerda ochiladi.
- Formani yuborganda tanlagan taskingiz qayd etiladi - keyin o'zgartirib bo'lmaydi.
- Shu daqiqada 72 soatlik taymer boshlanadi.
- Productni qurasiz va public GitHub repository'ga joylaysiz.
- Taskni tugatgach, shaxsiy havolangiz yoki "Taskni topshirish" tugmasi orqali qaytib kirib, GitHub linkni yuborasiz.
- Deadline'dan keyin topshiriq qabul qilinmaydi.
Qanday baholanasiz
- Product building - ishlaydigan productni 0 dan qura oldingizmi
- Technical - architecture, code quality, database, error handling, deployment
- AI usage - AI'dan qanday foydalandingiz va natijani qanday tekshirdingiz
- Independence - mustaqil qaror va blockerlarni yechish
- Problem solving - prioritization, trade-off, edge caselar
- Communication - tushuntirish sifati va client bilan muloqot